Bugun, 9 may kuni Toşkentdagi «Xalqlar döstligi» san'at saroyi qarşisidagi maydonda Ikkinçi jahon uruşi vaqtida 15 nafar yetimni asrab olgan Şomahmudovlar oilasi yodgorligi qaytadan oçildi.

Xalqlar döstligi siymosi hisoblangan uşbu yodgorlik özbek xalqi uruşning oğir yillarida ham samimiy bolajonligi, insoniy mehr oqibatini yöqotmaganining namunasidir.

«Kun.uz» mazkur jarayondan fotoreportaj tayyorladi. Bugun yodgorlikning oçilişi arafasida maydonga ikki yuzga yaqin kişi gullar bilan taşrif buyurdi.

Ma'lumot uçun, Xalqlar döstligi yodgorligi Toşkentda 1982 yilda örnatilgan bölib, uning mualliflari — haykaltaroş D.B. Ryabiçev va arxitektorlar L.T. Adamov, S.R. Odilov hisoblanadi.

Yodgorlik 2008 yilda şahar çetiga köçirilgan, 2017 yili esa Döstlik boğiga (sobiq Bobur boği) olib kelingandi.

26 aprel kuni ötkazilgan videoselektor yiğilişi vaqtida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Istiqlol» san'at saroyiga, Şayxontohur tumanidagi köçaga hamda «Bunyodkor» metro bekatiga «Xalqlar döstligi» nomini qaytarişni, şuningdek, Şomahmudovlar oilasi yodgorligini dastlabki joyiga qaytarişni taklif qilgan edi.