Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev şu yilning 26 aprelida bölib ötgan yiğilişida Ikkinçi jahon uruşi vaqtida Özbekistonga köçirib keltirilgan yetimlarning 14 nafarini öz bağriga olib, özbek millatining bağrikengligini namoyon etgan Şomahmudovlar oilasi haqida eslagandi. Prezident Şomahmudovlar oilasi özbekona mehr-oqibat timsoli ekanini ta'kidlab, uşbu oila xotirasiga örnatilgan yodgorlikni eski joyiga qaytariş, Şayxontohur tumani hududidagi avval Şomahmudovlar nomi bilan yuritilgan Boğ köçaga eski nomini qayta tiklaşni topşiriq qilgandi.
Ikkinçi jahon uruşi davrida Şoahmad Şomahmudov va uning turmuş örtoği Bahri Akramova uruşda ota-onasini yöqotgan turli millat vakillarining farzandlarini asrab olgan edi. Keyinroq bu oila haqida rejissyor Şuhrat Abbosovning «Sen yetim emassan» filmida kengroq yoritib berilgan.

Temirçi Şoahmad ota va Bahri ona aslida farzandsiz edi. Ularning butun hayoti mehnatda ötgan. Ular uruş yillarida rus, belarus, tatar, yahudiy, moldovan, qozoq va boşqa millatlarga mansub 14 nafar yetimni asrab olib voyaga yetkazişgan. Şoahmad ota «Hurmat belgisi» ordeniga loyiq körilgan, Bahri ona esa «Qahramon ona» deb e'tirof etilgan.
Öşa vaqtda xizmatlari yuqori baholanib Şomahmudovlar oilasi yaşaydigan köça oilaning nomi bilan atalgan edi. 1982 yilning 26 mayida Toşkent şahrida uşbu oila xotirasi uçun «Xalqlar döstligi» yodgorligi örnatilgandi (hozirgi «Bunyodkor» metro bekati yaqinidagi «Istiqlol» san'at saroyi yonida). 2008 yilning 12 aprelida bu yodgorlik şaharning çekka hududiga köçirib yuborilgan. 2017 yilning 1 mayida esa yodgorlik Yakkasaroy tumanidagi Döstlik boğiga joylaştirilgan. Hozirgi kunda esa yodgorlik yana öz örniga qaytmoqda.

«Kun.uz» ijodkorlari qahramon oilaning ahvolidan xabar oliş maqsadida Toşkent şahri Şayxontohur tumani Jarariq mahallasida istiqomat qiluvçi oilaning katta qizi Olga Timoninaning uyiga taşrif buyurdi. Taşrif çoğida taqdir taqozosi bilan haqiqiy özbek ayoliga aylangan moldavan ayol qiyofasiga guvoh böldik.











