Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oşiriş qoidalariga özgartirişlar Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi. Bu haqda telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali xabar qildi.
Yangi talablarga köra, lombardlar garovga yoki saqlovga qöyilgan aşyolardan foydalanişga va ularni tasarruf etişga, yillik qarz summasining yarmidan köp miqdorda foizlar hisoblaş, komissiya va neustoyka (ştraf, penya) undiriş, kredit şartnomalari böyiça javobgarlikning boşqa çoralarini qöllaşga, şuningdek kredit buyurtmalarini körib çiqiş, ssuda hisobvaraqlariga xizmat körsatiş, kreditlar ajratiş uçun tölovlar, şuningdek kreditlar muddatidan ilgari söndirilganligi uçun neustoyka undirişga haqli emas.










