Özbekiston Respublikasi prezidenti “Toşkent davlat agrar universitetida oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Suv xöjaligi vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligining takliflari asosida: 

Toşkent davlat agrar universiteti, uning filiallari va tarkibidagi akademik litseylari bilan birgalikda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tizimiga ötkazildi;

Andijon qişloq xöjaligi instituti negizida Toşkent davlat agrar universitetining Andijon filiali taşkil etildi.

Quyidagilar Toşkent davlat agrar universiteti va uning filiallarida oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlaşning ustuvor yönalişlari etib belgilandi:

qişloq xöjaligida innovatsion resurstejamkor texnika va texnologiyalarni köllaş, intensiv agrotexnologiyalarni joriy qiliş, qişloq xöjaligi ekinlarida hosildorlikni oşiriş, ularning seleksiyasi va uruğçiligini taşkil etiş, kasalliklar va zararkunandalarga qarşi kuraşiş, qişloq xöjaligi mahsulotlarini saqlaş, dastlabki qayta işlaş, standartlaştiriş, sertifikatlaş, dorivor ösimliklarni yetiştiriş va qayta işlaş, örmonçilik, baliqçilik böyiça yangi va zamonaviy bilimlarga ega bölgan yuksak malakali kadrlar tayyorlaş;

öquv-laboratoriya bazasini modernizatsiyalaş, öquv rejasi va fan dasturlarida soha böyiça zamonaviy işlab çiqariş jarayonlari, yuqori unumli va resurstejamkor ilğor texnologiyalar böyiça bilimlarni aks ettiriş, öquv jarayonida nazariya va amaliyot uyğunligini ta'minlaş orqali oliy ta'lim muassasalari bitiruvçilarining mehnat bozoridagi raqobatbardoşligini oşiriş;

sohada amalga oşirilayotgan islohotlar va joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalarga oid bilim va könikmalarini çuqurlaştirişni hisobga olgan holda talabalarni öqitişning ilğor usullarini işlab çiqiş va öquv jarayoniga joriy etiş;

professor-öqituvçilarning kasbiy bilimi, pedagogik mahorati va ilmiy salohiyatini muntazam ravişda oşiriş, xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalarida professor-öqituvçilar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning malakasini oşiriş va stajirovkalarini taşkil etişda xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş;

fan, ta'lim va işlab çiqarişning samarali integratsiyasini ta'minlaş orqali manfaatdor taşkilotlar bilan hamkorlikda fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib boriş hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etiş, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy-texnik vazifalarni hal etişga yönaltirilgan amaliy va innovatsion izlanişlarni amalga oşiriş;