Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Amerika Qöşma Ştatlari prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 2018 yil 15-17 may kunlari ilk rasmiy taşrif bilan AQŞda böladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Oliy darajadagi muzokaralarda Özbekiston – AQŞ hamkorligining holati va uni rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qiliş, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşiş rejalaştirilgan.
Vaşingtonda davlat rahbari, şuningdek, AQŞ Kongressi, Mudofaa vazirligi va Davlat departamenti hamda Jahon bankida ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazadi.
Rasmiy taşrif yakunida ikki mamlakat prezidentlari "Özbekiston va Amerika Qöşma Ştatlari: strategik şeriklik yangi davrining boşlanişi" deb nomlangan Qöşma bayonotni imzolaşi, turli sohalardagi özaro munosabatlarni yanada mustahkamlaşga qaratilgan hujjatlar töplamining qabul qilinişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev AQŞga rasmiy taşrif bilan borişi xabar berilgandi. Kun.uz axborot manbasining ma'lumot berişiça, aprel oyida Özbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov AQŞ elçisi Pamela Spratlen bilan uçraşuvda joriy yildagi turli darajada bölib ötadigan Özbekiston–AQŞ uçraşuvlari muddatlari, jumladan, may oyida Özbekiston rahbarining Amerikaga rasmiy taşrifiga tayyorgarlik köriş masalalarini ham muhokama qilgan.













