Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilişiça, boş vazir Dmitriy Medvedev davlat rahbari Vladimir Putinga yangi hukumat tuzilmasi böyiça hozirça takliflar kiritmadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Hozirça bu iş amalga oşirilmadi», - deya aytib ötdi Peskov.
Avvalroq, Rossiya Davlat dumasi Dmitriy Medvedevni boş vazir etib saylagani xabar berilgandi. Parlamentariylarning 374 nafari (83,1%) uning nomzodini yoqlagan, 56 kişi qarşi bölgan. Ovoz berişda 430 parlamentariy iştirok etgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 7 may kuni Rossiya prezidenti etib saylangan Vladimir Putin Katta Kreml saroyidagi inauguratsiya marosimida qasamyod keltirdi.












