Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oşiriş qoidalari va Mikrokredit taşkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oşiriş qoidalariga tuzatişlar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
 
Eslatib ötamiz, lombardlar fuqarolarga şaxsiy iste'mol uçun möljallangan köçar mulk garovi evaziga 3 oydan ortiq bölmagan muddatga kreditlar taqdim etadilar.
 
Mikrokredit taşkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq mikrokredit (1 000 EKIHdan ortiq bölmagan miqdorda), mikroqarz (100 EKIHdan ortiq bölmagan miqdorda), mikrolizing (2 000 EKIHdan ortiq bölmagan miqdorda), şuningdek boşqa mikromoliyaviy xizmatlar sohasida, şu jumladan iste'mol kreditlari beriş xizmatlarini körsatadi.
 
Lombardlar va mikrokredit taşkilotlariga ariza va kredit buyurtmalarini körib çiqiş, ssuda hisobvaraqlariga xizmat körsatiş, kreditlar, mikrokreditlar (mikroqarzlar) ajratiş uçun tölovlar, şuningdek kreditlar, mikrokreditlar (mikroqarzlar) muddatidan ilgari söndirilganligi uçun neustoyka undiriş taqiqlandi.
 
Hujjatlarda lombardlar bilan kredit şartnomalari va mikromoliyaviy xizmatlar körsatiş şartnomalari böyiça yillik qarz summasining yarmidan köp miqdorda foizlar hisoblaş, komissiya va neustoyka (ştraf, penya) undiriş, javobgarlikning boşqa çoralarini qöllaşga taqiq ham belgilangan.
 
Aniqlaştirilişiça, garovga yoki saqlaş uçun lombardga topşirilgan mol-mulk yöqolganda, kamomad aniqlanganda kompensatsiya masalasi u yöqotilgan holatda bölganidek hal etiladi. Egasiga garov pattasi yoki saqlaş pattasida körsatilgan baholaş qiymati narxida tölanadi. Agar kamomad yengib bölmas kuç oqibatida yuz bergan bölsa va lombard buni isbotlay olsa – zarar tölanmaydi.
 
Mikrokredit taşkilotining kapitalini hosil qiluvçi komponentlarga ham tuzatiş kiritildi: ustav kapitali, zaxira kapitali, taqsimlanmagan foyda va boşqa öz mablağlari. Şu tariqa, olingan daromadlar, grantlar va tekinga olingan mol-mulk röyxatdan çiqarib taşlandi.  
 
Hujjatlar 8.05.2018 yildan kuçga kirdi.