BMW Group tarkibiga kiruvçi Rolls-Royce Motor Cars avtomobilsozlik kompaniyasi özining tarixidagi ilk yöltanlamas – Rolls-Royce Cullinan modelini taqdim qildi.
Model dunyodagi eng katta olmoslardan biri nomiga qöyilgan. Ayni vaqtda uşbu olmosdan olingan brilliantlar britan monarxlarining regaliyalarini bezab turibdi. 

“Vertikal va gorizontal çiziqlar radiator panjarasi ustidagi börtiq hisobiga sakson jangçisi yuzi ifodasini hosil qiladi. Buning hisobiga maşina mardonavor körinadi”, deyilgan kompaniya bayonotida.

Foto: Rolls-Royce
Foto: Rolls-Royce
Foto: Rolls-Royce

Ta'kidlanişiça, avtomobil 6,75 litrli, 12 silindrli dvigatel bilan jihozlangan. Modelning negizida Architecture of Luxury alyuminiy platformasi yotadi. Bu platformada kompaniyaning Phantom VIII limuzini işlab çiqarilgan. Maşinaning yaratuvçilari uni “texnologik jihatdan dunyodagi eng ilğor yöltanlamas” va Rolls-Royce modellaridan eng omilkori deb ataşgan.

Foto: Rolls-Royce
Foto: Rolls-Royce
Foto: Rolls-Royce