Namangan viloyatida har yili an'anaviy tarzda ötkazilib kelinayotgan “Gul bayrami” bu yil 58-bor nişonlanadi. Bu haqda Kun.uz tahririyatiga Namangan şahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Gözallik va nafosat bayrami tantanalari şu yilning 27 may kuni (yakşanba) Namangan şahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat boğida boşlanadi.

An'anaviy bayramda gulçilarimiz tomonidan Özbekiston iqlimiga moslaştirilgan, dunyoning barça mintaqalarida yetiştiriladigan gullardan namunalar, bir-biriga öxşamagan gullardan tayyorlangan dekoratsiya va konstruksiyalarni tomoşa qiliş mumkin böladi. Bayram dasturi doirasida turli madaniy tadbirlar, köngiloçar badiiy tomoşalar kayfiyatingizga kötarinkilik bağişlaydi.

Bayramning ilk kuni tantanali oçiliş marosimi ötkaziladi. Şu kuni gullar bilan bezatilgan maşinalar paradi ham taşkil etiladi. Qolaversa, bu an'naviy gullar şodiyonasi içki va taşqi turizmni rivojlantirişda muhim örin tutişi şubhasiz.

Barça hamyurtlarimizni va yurtimiz mehmonlarini har yilgidan-da özgaça ruhda ötişi kutilayotgan an'naviy gul bayramiga taklif qilamiz!
Oqilxon Dadaboyev
jurnalist











