Falastin 16 may kuni Al-Quds böyiça Arab davlatlari ligasining favqulodda yiğilişi ötkazilişini talab qildi. Bu haqda Falastinning ADLdagi doimiy vakili, Qohiradagi elçi Diyob al-Lyauh ma'lum qildi.  

Uning aytişiça, AQŞning Tel-Avivdagi elçixonasining Al-Qudsga köçirilişi böyiça qonunga xilof va xalqaro huquq va BMT rezolyutsiyalariga zid keluvçi qaroriga qarşilik körsatiş uçun ADLga a'zo davlatlar bilan liga kengaşining doimiy vakillari iştirokida muddatdan taşqari uçraşuv ötkazilişi böyiça muzokaralar olib borilmoqda. ADL yiğilişi yakunlariga köra, Vaşingtonning bu qadamiga qarşi amaliy çoralar va yeçimlar tayyorlanişi kerak böladi.

14 mayda, Isroil taşkil etilgan kuni AQŞning Isroildagi elçixonasining Al-Qudsga köçirilişi munosabati bilan tantanali marosim ötkazilmoqçi.