Asli Bombey şahrida  yaşovçi hindistonlik Aşok Kumar ança yillardan buyon oila a'zolari bilan Markaziy Osiyodagi Samarqand, Toşkent va Farğona vodiysiga sayohat qilişni orzu qilardi. Sababi, ularning hayotida taniş bölgan Boburiylar sulolasining tarixi bu hududlar bilan boğlangan.

Foto: Adventures Overland

Şunday qilib, Kumarlar sayyohlik dasturlariga jiddiy qiziqa boşlaşdi. Döstlarining taklifi bilan Manipur ştatining markazi Imphal şahridan “Londonga yöl” dasturi orqali Buyuk Britaniyagaça yöl-yölakay barça tarixiy şaharlarda töxtaş ğoyasi Aşokni qiziqtirib qöydi.

Bu dasturga ular orzu qilgan Markaziy Osiyo şaharlariga taşriflar kiritilgandi. Şu qiziqiş bilan Kumarlar oilasi Road to London 2018 dasturiga qöşilib olişdi.

Foto: Adventures Overland

Road to London 2018 özi qanday dastur hisoblanadi?

Bu dastur avtomaşinalar orqali dunyoning deyarli yarim qismini bosib ötişga möljallangan sayohat hisoblanadi.

•  Masofa: 16000 km;

•  Boriladigan davlatlar soni: 18 ta;

•  Dastur davomiyligi: 49 kun;

•  Iştirokçilar soni: 27 nafar

12 may kuni Hindistonning Özbekistondagi elçixonasi bir guruh vatandoş sayohatçilarni poytaxtimizda kutib oldi. Sayohatçilar şarafiga Toşkent şahridagi Le Grande Plaza mehmonxonasida badiiy keça uyuştirildi. Tadbirda OAV vakillari, şuningdek, Kun.uz tahririyati ham mehmon böldi.

Foto: Adventures Overland

Aşok Kumar bilan suhbatimizda, ular kuni keça Farğona vodiysining şirin mevalaridan bahramand bölganligini eslaşdi. Ularning keyingi manzili esa  “Sayqali röyi zamin” – Samarqand.