Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi delegatsiyaning xizmat safari bilan bog‘liq xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil uchun madaniy tadbirlarga ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplaniladi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasiga:

delegatsiya a'zolarini yo‘nalish bo‘yicha aviachiptalar bilan ta'minlash choralarini ko‘rish;

belgilangan vazn va hajmdan ortiq yuklarni to‘lovlarsiz rasmiylashtirish vazifalari yuklatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyaning Yaponiyaga kirish vizalarini rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga:

tadbirni o‘tkazish uchun Yaponiyaga olib ketilayotgan tegishli ashyolarni badiiy ekspertizadan bepul o‘tkazish;

Yaponiyada “O‘zbekiston haftaligi”ni yuqori saviyada o‘tkazish vazifasi topshirildi.

Yaponiyaning Tokio, Osaka va Nagoya shaharlarida 2018 yilning 15-22 may kunlari “O‘zbekiston haftaligi”ni o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibi: