Marg‘ilondagi mehribonlik uyi ishi: ular o‘ta og‘ir jinoyatlar bilan ayblanmoqda
Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahridagi 1-Mehribonlik uyida sodir etilgan qilmishlar bugungi kunda barchani qiziqtirishi tabiiy, albatta.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudining raisi Murodjon Mirzajonovning Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, mazkur jinoyat ishida sudlanuvchilar voyaga yetmagan shaxsni tarbiya muassasasida jinoyatga jalb qilish, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, voyaga yetmagan ojiz ahvoldagi shaxsni qiynash, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish, shuningdek ayolni o‘z homilasini sun'iy ravishda tushirishga majburlash kabi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Xabar qilinishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi ayni paytda mehribonlik uyining sobiq direktori K.Yakubov, bosh hisobchi A.Muydinova va hisobchi A.Saidkamolova, direktor o‘rinbosari S.Usmonov, feldsher I.Yo‘ldashev, tarbiyachi X.Yakubova, R.Abdufattoyev va N.Soliyeva, enaga D.Djurabayeva va X.To‘rayevga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqmoqda.
Mazkur jinoyat ishiga ko‘ra, yuqoridagi shaxslar tegishlicha Jinoyat kodeksining 205-moddasi (mansab vakolatini suiiste'mol qilish), 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash), 167-moddasi (o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish) 209-moddasi (mansab soxtakorligi), 115-moddasi (ayolni o‘z homilasini sun'iy ravishda tushirishga majburlash) 127-moddasi (voyaga yetmagan shaxsni tarbiya muassasasida jinoyatga jalb qilish) 110-moddasi (voyaga yetmagan ojiz ahvoldagi shaxsni qiynash), 128-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 129-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) jinoyatlarini sodir etganlikda ayblangan.
Sudlanuvchilar K.Yakubov, S.Usmonov, I.Yo‘ldashev va R.Abdufattoyevlarga nisbatan “qamoq”, X.Yakubova, N.Soliyeva, D.Djurabayeva va X.To‘rayevlarga nisbatan “uy qamog‘i”, A.Mo‘ydinov va A.Saikamolovalarga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Jinoyat ishini sud majlisida ko‘rish boshlanib, hozirgi kunda sud tergovi davom etmoqda va sudlanuvchilarning ko‘rsatuvlari tinglanmoqda.
Keyingi sud majlisi jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlarini eshitish bilan davom ettiriladi.
Kelgusida sud majlisida to‘plangan dalillar atroflicha o‘rganilib, ishning har bir holatiga va sudlanuvchilarning harakatlariga huquqiy baho berilib, sud tomonidan qonuniy, adolatli va asosli qaror qabul qilinadi.
Mavzuga oid
21:28 / 18.12.2024
Guliston IIB TB fuqarolik nizosidan jinoyat ishi “yasadi”. Tergovchi yangi yilni issiq uyida, 50 yoshli ayol esa Rossiya hibsxonasida kutib oladimi?
21:02 / 12.12.2024
Yangiyo‘lda 5 bolani bosib ketib, ikki nafarining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi axloq tuzatish jazosini oldi
15:29 / 11.12.2024
Moskvadagi harbiy sud terrorizm bo‘yicha deyarli barcha ishlarni yashirdi
17:49 / 06.12.2024