Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga Xudaynazar Beknazaroviç Yunusov yangi rektor etib tayinlandi. Uni institutning rektori etib tayinlaş töğrisidagi Vazirlar Mahkamasi qarori Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov tomonidan imzolangan.
Xudaynazar Yunusov 1958 yilda Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ tumanida tuğilgan, şu paytgaça Rossiyadagi Moskva viloyati davlat universiteti ximiya-biologiya fakulteti dekani vazifasida faoliyat körsatib kelayotgandi.
Xudoynazar Yunusov biologiya fanlari doktori, professor hisoblanadi.
Biroz avvalroq prezident qarori bilan Samarqand qişloq xöjaligi instituti negizida Samarqand veterinariya meditsinasi instituti taşkil etilgandi.
Institutda veterinariya va çorvaçilik sohasi uçun yangi zamonaviy bilimlarga ega bölgan oliy ma'lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlanadi.
2018/2019 öquv yilida institut magistratura bosqiçiga (50 kişi) Özbekiston fuqarolarini qabul qiliş töliq davlat granti asosida amalga oşiriladi.
Institutning bakalavriat bosqiçiga qabul kvotasi 800 kişi, şu jumladan, tölov-kontrakt asosida 525 kişi, davlat granti asosida 275 kişi etib belgilandi.












