Afğonistonda oxirgi haftada yuz bergan toşqinlar oqibatida kamida 34 kişi halok böldi. Bu haqda “Pajvak” axborot agentligi ma'lum qildi. 

Ma'lum qilinişiça, hafta davomida davomiy yomğirlar sababli Samangan, Taxor, Kapisa, Baglan, Badahşon, Badgis, Panjar va Ğazni viloyatlarida toşqinlar yuz bergan.
 
Ma'lumotlarga köra, toşqinlar oqibatida kamida 4 kişi jarohat olgan, 600 boş çorva yöqotilgan, 40,5 gektar fermerlik yerlariga putur yetgan va 864 ta xonadon vayron bölgan.   

Ta'kidlanişiça, jabr körgan oilalarni aniqlaş maqsadida tadqiqot ötkazilmoqda. Ziyon yetgan yoki öz uyini tark etişga majbur bölgan odamlarga gumanitar yordam taqdim qilinadi.