Xalq maqolini özgartirdim, çoği?.. Şunaqa bölib qoldi-da... Harqalay, «Bozorga bodring çiqdimi, turpga hojat yöq» deya yangi hikmat töqimadim-ku?
Yana öşa sabzavot va meva eksportidagi muammolar haqida gaplaşamiz. Yodingizda bölsa, «KUN.UZ» sayti şu oy boşida sohadagi ma'lum muammolar tufayli Farğona viloyatining Oltiariq tumanida sabzavotlar çiqindiga taşlanayotgani haqida maqola e'lon qilgan edi. Maqola e'lon qilingaç, OAVda mazkur mavzuga doir juda köp çiqişlar guvohiga aylandik.
Bizni hayron qoldirgani, «Özagroeksport» taşkiloti mavjud muammolarni hal qiliş uçun dehqon va eksportyorlar tomon qadam bosiş örniga, ayni paytdagi holat juda yaxşi ekanligini uqtirişga harakat qilganida böldi. Maqoladan maqsad - dehqon va eksportyor bilan «Özagroeksport»ning orasini buziş emas, balki muammoni kötarib, ikki tomon uçun manfaatli kelişuvga erişiş bölgandi.
Quyida, ayni pişiqçilik oldidan eksport bilan bölayotgan mojarolar haqida gaplaşamiz.
Oltiariqqa «Özagroeksport» keldi, kördi, eşitdi, ketdi..
Avvalgi maqola «örgimçak töri» yuzida tarqalgaç, oltiariqlik «turp saqlab çöntagi kuygan» ikki eksportyor Bekzod Raimov va Ötkir Hamdamovga «Özagroeksport»dan qönğiroq böladi. «Turpingizga xaridor bor. Saqlanayotgan joyidagi va mahsulotning kesilgan holatdagi suratlarni jönatinglar» deyilgaç, ikki hamkor muzlatgiçga borib, mazkur talabni bajaradi.
Ertasiga, yurtda yetiştirilgan sabzavot va meva-çevalarning eksportiga ma'sul bölgan taşkilotdan 9 nafar kişi Oltiariqqa keladi. Ular orasida «Özagroeksport» rahbar xodimlari, marketolog va narx belgilovçi mas'ul şaxslar bor edi. Eksportyorlar ularga muzlatgiçga qöyilgan turpni körsatişadi. Keyin bilişsa, ularning orasida xaridor yöq ekan. Uç soatlik suhbat davomida eksportçilar «Özagroeksport»dan 50 tonna turpga xaridor topişda yordam berişini söraydi. «Yuqori» taşkilot esa buning iloji yöq ekanini aytgan.

«Mutasaddilarga xaridor topişning iloji yöq bölsa, vakolatlaring doirasida yordam kerak. Turp narxini tuşirib beringlar, dedik. Oltiariqda özim tanigan va ayni paytda muzxonada turp saqlanayotgan boşqa eksportçilarning ham telefon orqali dardini eşittirdik. Ular bizga: «Oziq-ovqat vazirligiga, turpning narxini tuşirib berişingizni söraymiz, degan murojaatnoma yozib beringlar» deyişdi. Şunda biz vakillarga: «Vazirlikka özimiz yozib jönataveramiz, sizlarning bizga nima foydanglar tegişi mumkin? Mana körib turibsizlar - muzxonada mahsulot yotibdi, boşqa muzxonalarda ham bor. Turpni men dehqondan 350 sömga olganman. Uni qoplab, transport xarajati qilib, muzlatgiçga olib kelişim bilan 450 söm böldi. Beş oy muzlatgiç omborda saqlaş uçun kilosiga 50 sömdan töladim. Hozir şu turpning tannarxi 700 söm. Lekin xaridor yöq. Sababi, tonnasiga 175-228 dollardan narx belgilangan. Axlatga taşlaş örniga zarariga 300 sömdan sotaman deganlar ham bor. Özlaringda xaridor yöq bölsa, barça bilan suhbatlaşib, örtaça narxni belgilab bersalaring, xaridor topib sotar edik» deganimizdan söng ular ketişdi. Biroq özgariş yöq. Turpga belgilangan narx esa öşanday turibdi», deydi Bekzod Raimov.



















