«Toşşahartransxizmat» AJda Toşkent şahar IIBB YHXB mutasaddi xodimlari iştirokida, tarmoq korxonalari rahbarlari, XXB boşliqlari, «Toşşahartransxizmat» AJ rahbarlari va mas'ul xodimlari bilan birgalikda 2018 yilning 12 may kuni jamiyat tarkibiga kiruvçi «1-avtobus saroyi» MÇJ (Toşkent şahar, Yaşnobod tumani, Ohangaron köçasidan 119-yönalişida harakatlanayotgan «Isuzu» avtobus) haydovçisi tomonidan sodir etilgan yöl-transport hodisasi (YTH) böyiça yiğiliş ötkazilib, qöşma qaror imzolandi.

«Toşşahartransxizmat» AJ axborot xizmati xabariga köra, mazkur qarorda kelgusida amalga oşirilişi zarur bölgan quyidagi çoralar belgilab olindi:
- avtobuslarni belgilangan tezlikdan oşirmasligini nazorat qiliş maqsadida, Toşkent şahar IIBB YHXB mas'ul xodimlari bilan hamkorlikda «Toştransdispetçerxizmat» UK markaziy nozimlik xizmati bilan GPS-tizimi tomonidan olingan ma'lumotlarga tayanib tezlikni belgilangan me'yoridan oşirgan haydovçilarga nisbatan keskin ta'sir çoralarini köriş;
- haydovçilar bilan ogohlik va xavfsizlikni kuçaytiriş maqsadida navbatdan taşqari yöriqnoma ötkaziş;
- YTHlarni sinçkovlik bilan örganiş, tahlil qiliş maqsadida, barça avtobuslarga bosqiçma bosqiç videoregistrator örnatiş;
- Toşkent şahar IIBB YHXB mas'ul xodimlari bilan hamkorlikda har haftaning payşanba kuni ötkaziladigan profilaktika kunida hafta davomida avtobus haydovçilari tomonidan yöl qöyilgan qoidabuzarliklar töğrisidagi ma'lumotlarni Toşkent şahar IIBB YHXBdan oliş va tanqidiy körib çiqiş hamda ularga nisbatan keskin ta'sir çoralari qöriş.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Çilonzor tumanida yölovçi avtobusi yonib ketgandi.
















