Bugun, 14 may kuni soat 8:30da Toşkent şahar IIBB Yonğin xavfsizligi boşqarmasiga Çilonzor tumani Zargarlik köçasida №94-yönaliş böylab harakatlanayotgan avtobusning yonib ketgani haqidagi xabar kelib tuşdi, deb xabar bermoqda şahar IIBB axborot xizmati.

Qayd etilişiça, soat 8.34da voqea joyiga öt öçiriş xizmatining jangovar jamoasi yetib borgan.
Soat 8.42da yonğin töliq bartaraf etilgan. Qurbonlar va jarohat olganlar yöq. Yonğin kelib çiqişiga yoqilği tizimida yuzaga kelgan nosozlik taxmin qilinmoqda va hozirda tekşiruv işlari olib borilmoqda.
















