Buyuk Britaniyada huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari kasalxonada qolayotgan GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalni söroq qilişmoqda. U öz qizi Yuliya bilan Solsberida zaharlangan edi. Bu haqda Sky News xabar berdi.
Ta'kidlanişiça, tergovçilarni Skripalning Londonga tez-tez borib turişi, Solsberida MI6 Britaniya maxsus xizmati sobiq xodimi bilan muntazam uçraşuvlari va xorijiy davlatlarga safarlari qiziqtirmoqda.
Avvalroq, Skripal Estoniya maxsus xizmatlari vakillari bilan uçraşgani ma'lum bölgandi. Bundan taşqari, u Çexiyaga maxfiy tarzda safar uyuştirgan, şuningdek, Birlaşgan Qirollik hududida çex maxsus xizmatlari vakillari bilan kamida bir marotaba uçraşgan.
Eslatib ötamiz, Rossiya Skripal fuqarolikdan boş tortmagani haqida ma'lum qilgandi.













