16 may kuni Gvatemala Al-Qudsning ğarbiy qismida elçixonasini oçdi. Bu voqea AQŞ uşbu şaharda öz elçixonasini oçgandan 2 kun ötib yuz berdi. Şu tariqa Gvatemala Al-Qudsda öz elçixonasini oçgan 2-davlat böldi.
Jerusalem Post naşrining muhokama qilişiça, elçixona oçilişida Gvatemala prezidenti Jimmi Morales va Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu iştirok etgan.
Netanyaxu 70 yil avval Gvatemala AQŞdan keyin Isroilni tan olgan ikkinçi davlat bölganini eslab ötgan.
“Siz har doim birinçilar orasidasiz. Biz döstlarimizni doim eslaymiz va Gvatemala öşanda ham döstimiz bölgan, hozir ham döstimizdir”, deb aytgan Netanyaxu.
14 may kuni Al-Qudsda AQŞning Tel-Avivdan köçirilgan elçixonasi oçilişi marosimi bölib ötdi.














