ANGLIYa

Taşkil topgan: 928 yil
Rasmiy tili: Ingliz
Boşqaruv şakli: Parlament monarxiyasi (Britaniya tarkibi)
Aholisi: 53 million
Valyutasi: funt sterling

ANGLIYa TeRMA JAMOASI.
Laqabi – «Uç şer» 
Jamoa libosi – oq va qizil
Konfederatsiya – UYeFA
Federatsiya – Angliya futbol ascotsiatsiyasi
Jahon çempioni – 1966
JÇ finalçisi – 1950
Yevropa Çempionati - Bronza (1968, 1996)
Terma jamoa tarkibida eng köp iştirok etgan – Piter Şilton (125)
Eng köp gol kiritgan – Ueyn Runi (53)
Ilk öyin – 1872 yil. 30 noyabr. Angliya - Şotlandiya - 0:0
Eng yirik ğalaba – 1882 yil. 18 fevlal. Irlandiya – Angliya - 0:13
Eng yirik mağlubiyat – 1954 yil. 23 may Vengriya - Angliya – 7:1

«Futbol» sözi, inglizça «foot» - «oyoq» va «ball» - «töp» sözlarining birlaşmasidan taşkil topgan. Töp bilan öynaladigan öyin qadimiy Xitoyda ham, Sparta-yu Rimda ham mavjud bölgan, örta asrlarda italiyaliklar Britaniya orollariga «kalço»ni olib kelganliklari aytilsa-da, bu öyinni ma'lum qoidalar doirasiga kiritiş 19 asr örtalarida aynan inglizlar tomonidan amalga oşiriladi. Ilk futbol klubi ham 1857 yilda aynan Angliyada taşkil topdi - «Şeffild».

Beçora inglizlar futbol öyini sir-asrorlarini boşqalarga saxiylik bilan örgatib qöyişdi va oqibatda… Oqibatda hatto çempionlikni ham 36 yil kutişlariga töğri keldi. Benks, Xerst, Çarlton, Mur kabi ajoyib avlodni olamga köz-köz qilgan inglizlar öz maydonlarida ötgan mundialda şohsupaning eng yuqorisidan örin oldilar. Angliya terma jamoasi Urugvay, Fransiya va Meksika terma jamoalarini guruh bosqiçida qoldirib ketdilar, pley-offda esa Argentina va Eysebioning Portugaliyasi mağlub etildi.

«Uembli» öyingohida, 93 000 muxlis qarşisida nemislarga qarşi keçgan final öyini mundial tarixidagi eng durdona uçraşuvlar qatoridan joy oldi. Sönggi daqiqada hisobni tenglaştiruvçi golni qabul qilgan inglizlar qöşimça vaqtda Xerstning ikki goli evaziga 4:2 hisobida ğalaba qozondi. Şuningdek, öşa uçraşuvda uçta gol kiritgan Xerst hozirgaça jahon çempionatlari tarixida finalda het-trikka erişgan yagona futbolçi sifatida qayd etilgan. Hozirgaça «Everton» muxlislari derbidagi raqiblariga «Sizlar Angliyada neça marta çempion bölsalaring ham, farqi yöq, zero biz jahon çempioni bölganmiz» deb ham hazillaşib yurişadi. Sababi öşa Xerst ham, finaldagi yana bir gol muallifi Peters ham «Everton» futbolçilari edi.