London universiteti olimlari Şimoliy Yevropa aholisi inson organizmini sovuq yeyişdan saqlaydigan va şimolliklar – norveglar, şvedlar, finlar va yana boşqalarga qahraton qiş va sovuqlarni yengil boşdan ötkazişga imkon beruvçi TRPM8 geni taşuvçilari hisoblanişlarini aniqlaşdi.

Olimlarning fikriça, bu gen  odamlarda Yevropada iqlim ança sovuqroqroq bölganda, taxminan 25 ming yil avval paydo bölgan. TRPM8, şuningdek, tabiiy oğriqsizlantiruvçi hisoblanadi. U jiddiy kasalliklar bilan yengilroq kuraşişga imkon beradi, tanaga sovuq yegani haqida xabar qiluvçi harorat markeri hisoblanadi. 

Olimlarning ta'kidlaşiça, aynan şu gen evaziga Yevopaning şimoliy hududlari aholisi sovuq vaqtlarda özlarini yaxşi his qiladilar va kamroq kasalga çalinadilar. Bu borada sovuqqa eng bardoşli xalq finlyandiyaliklar bölib çiqdi: Finlyandiya aholisining 88 foizida TRPM8 geni mavjud.