“Dastlabki jarayonda ishtirok etgan prokurorlar 1,6 mingdan ko‘proq sahifadan iborat sud rezolyutsiyasiga rozilik bildirishdi”, deb aytilgan hujjatda. Prokuraturaning fikricha, Salvadorni 2004 yildan 2009 yilgacha boshqargan Saka hamda uning hukumatining 6 a'zosi 300 mln dollarga yaqin pul o‘g‘irlashga aloqador. Ularning barchasiga pul o‘g‘irlash va uni yuvish ayblovi e'lon qilinadi.
Sud oldida javob beruvchilar orasida mamlakatning sobiq aloqa hamda yoshlar ishlari bo‘yicha vazirlari – Xulio Rank va Sesar Funes ham bor.











