Salvador prezidenti Nayib Bukele jinoyatçilikka qarşi kuraş uçun şaharlar köçalariga armiyani çiqarişni buyurdi: mamlakatda oxirgi kunlarda qotilliklar soni keskin köpayib ketgan. Bu jinoiy tödalar zöravonligi bilan boğlangan.
Harbiylar poytaxt San-Salvador va boşqa şaharlarni politsiya bilan birga patrullaşni boşlagan. Politsiya nomaqbul hududlarda uyma-uy yurib jinoyatçilarni izlaş vaqtida armiya zirhli texnikasi u yerlardan çiqiş joylarini bloklab turibdi.
Bunday keskin çoralar körilişiga mamlakatda oxirgi 2 kun içida 30 dan köproq qotillik sodir etilişi sabab bölgan.
2020 yilda El Faro naşri prezident Bukele jinoiy guruhlar bilan kelişib olganini ma'lum qilgan. Kelişuvga köra, hukumat jinoiy tödalar zöravonlik darajasini pasaytirişiga javoban qamoqxonadagi şaroitlarni yaxşilaşga va'da bergan.

















