Farğona viloyati Marğilon şahrida Erkin Vohidov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini çuqur öqitişga hamda xorijiy tillarga ixtisoslaştirilgan maktab-internatni taşkil etiş töğrisidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram-kanalida xabar berilgan.

Qarorga muvofiq, Marğilon şahrida 210 örinli maktab-internat taşkil etiladi. 

2018-2019 öquv yilida maktab-internatning 5-8-sinflariga, 2019-2020 öquv yilidan boşlab esa 5-sinfiga 30 nafardan öquvçi qabul qilinadi.

Mazkur maktab-internatni taşkil etişdan Özbekiston xalq şoiri, Özbekiston Qahramoni Erkin Vohidov nomini abadiylaştiriş, şoir izdoşlarini kaşf etiş va ularning öz iste'dodlarini keng namoyon qilişlari uçun şart-şaroitlar yaratişdan iboratdir.