Falastin Vengriya, Ruminiya, Avstriya va Çexiyadan öz elçilarini ortga çaqirtirib olmoqda.
Bu haqda taşqi siyosat idorasi bayonotida aytiladi.
«Taşqi işlar vazirligi Ruminiya, Çexiya, Vengriya hamda Avstriyadagi öz elçilarini maslahatlaşuvlar uçun ortga çaqirtirib oliş qaror qildi», - deyiladi xabarda.
Avvalroq, Falastin milliy ma'muriyati Vaşingtondagi elçisini ortga çaqirtirib olgani ma'lum bölgandi. Bu AQŞ elçixonasining Tel-Avivdan Al-Qudsga köçirilişiga javoban amalga oşirildi.
Eslatib ötamiz, bundan avval Arab davlatlari ligasi Al-Quds böyiça favqulodda yiğiliş ötkazişi xabar qilingandi.













