SeNeGAL
Mustaqilligi: 20 avgust, 1960 yil
Rasmiy tili: fransuz, arab
Boşqaruv şakli: prezident-parlament respublikasi
Aholisi: 135 million (71-örin)
Valyutasi: frank

SeNeGAL TeRMA JAMOASI.
Laqabi – «Taranga şerlari»
Jamoa libosi – yaşil (oq)
Konfederatsiya – AFK
Federatsiya – Senegal futbol federatsiyasi
Jahon çempionati – Çorak final (2002)
Afrika kubogi – Vitse çempion (2002)
Terma jamoa tarkibida eng köp iştirok etgan – Anri Kamara (99)
Eng köp gol kiritgan – Anri Kamara (29)
Ilk öyin – 1961 yil. 31 dekabr. Dagomeya - Senegal - 3:2
Eng yirik ğalaba – 1984 yil. 13 fevral. Senegal – Mavritaniya - 8:0
Eng yirik mağlubiyat – 2017 yil. 23 avgust Gvineya - Senegal – 5:0

Osiyo mundiali

Foto: AFP

2002 yil 31 may. Seul. Ilk bor Osiyoda taşkil qilingan jahon çempionatidagi oçiliş öyinida jahon çempioni Fransiya terma jamoasi tarixida ilk bor mundialda qatnaşayotgan Senegalga qarşi maydonga tuşdi. U paytlarda turnirni maydon egalari emas, çempionlar oçib berişardi. Buning ustiga, raqib Afrika vakili bölgaç, ba'zilar beixtiyor JÇ-90dagi Argentina va Kamerun uçraşuvini yodga olgan bödsa ajab emas. Şunday bölsada, ikki yil oldin Yevropada ham tengsizligini isbotlagan Fransiya bu turnirga ham asosiy favorit sifatida kelgan, qandaydir syurpriz umidida televizorni yoqqan muxlis ham bu xayolni miyasidan çiqarib taşlagan bölişi tabiiy.

Lekin öyin boşlangaç, rostdan ham Senegalni yutiş oson emasligi körina boşladi. Negadir fransuz yulduzlarining öyini qovuşmas, aynan Fransiya çempionatining quyi ligalari yoki örtamiyona klublari futbolçilaridan taşkil topgan Senegal esa, biror jabhada «akalari»dan qolişmas edi. Diskvalifikatsiya tufayli guruhdagi dastlabki ikki öyinda Zidan maydonga tuşmasligidan boşida unçalik xavotirda bölmagan muxlislar ham endi til tişlaşdi - rostdan ham Zidanning örni bilina boşlagandi.