Rossiyada hukumatning yangi tarkibi e'lon qilindi. Yangi hukumat tarkibi prezident Vladimir Putinning inauguratsiyasidan söng, 7 mayda şakllana boşladi. Davlat rahbari parlament quyi palatasiga Dmitriy Medvedev nomzodini boş vazir lavozimiga kiritdi. Öşa kuni hukumatning avvalgi tarkibi rasmiy ravişda iste'foga çiqdi.

8 mayda Davlat dumasi hukumat raisi lavozimiga Dmitriy Medvedev nomzodi uçun ovoz berdi. Uning nomzodi uçun 374 nafar deputat ovoz berdi, 56 nafari qarşi çiqdi.
15 mayda Putin yangi hukumatni şakllantiriş töğrisidagi farmonga imzo çekdi. Unga köra, Rossiyada vazirliklar soni köpayadi: ular 22ta böladi (avval 21ta). Hukumatga uning raisining ön örinbosari kiradi, ular vazirlar mahkamasi faoliyatining muayyan hududlari uçun mas'ul böladi.
18 mayda Medvedev yangi hukumat tarkibini e'lon qildi. Hukumat tarkibiga 32 kişi kirdi. Boş vazir birinçi örinbosariga Anton Siluanov aylanadi, u, şuningdek, moliya vaziri sifatida ham işlaşda davom etadi.

Boş vazir örinbosari lavozimlarini Dmitriy Kozak, Tatyana Golikova, Aleksey Gordeyev, Maksim Akimov, Vitaliy Mutko, Olga Golodets, Yuriy Borisov va Yuriy Trutnev egallaydi. Hukumat apparatiga boş vazir örinbosari lavozimidagi Konstantin Çuyçenko rahbarlik qiladi.
Vazirlar lavozimida quyidagilar iş boşladi:
maorif - Olga Vasileva
ilm-fan va oliy ta'lim - Mixail Kotyukov
Uzoq Şarqni rivojlantiriş böyiça - Aleksandr Kozlov
tabiiy resurslar va ekologiya - Dmitriy Kobilkin
sport - Pavel Kolobkov
içki işlar - Vladimir Kolokoltsev
adliya - Aleksandr Konovalov
Şimoliy Kavkaz işlari böyiça - Sergey Çebotarev
taşqi işlar - Sergey Lavrov
sanoat va savdo - Denis Manturov











