Xabaringiz bor, KUN.UZ tahririyati Ramazoni şarif munosabati bilan yangi – “Islom nuri” dasturiga qöl urgan. Bu galgi körsatuvda “Röza tutişdan murod nima?” ekanligi haqda söz boradi. Suhbatdoşimiz poytaxtdagi “Novza” jome masjidi imom xatibi Jaloliddin Hamroqulov böldi.

Youtube'da köriş

Mover.uz'da köriş

- Şu fursatdan foydalanib, aziz xalqimizni, mömin-musulmonlarni rahmat va mağfirat oyi bölgan Ramazon oyi bilan çin qalbimdan tabriklayman. Alloh bu oyni hammamizga, xonadonimizga barakali qilsin.

Röza tutişdan murod nima, degan savolga javob beradigan bölsak, uning javobini rözani farz qilgan oyatdan topsak böladi. Alloh taolo Qur'oni karimda şunday deydi: “Ey iymon keltirganlar. Sizlardan avvalgi qavmlarga röza farz qilinganidek, sizlarga ham Ramazonning rözasi farz qilindi. Şoyadki, taqvodor bölsalaringiz”.

Demak biz bu masalaning zohirini öylab qarasak, aynan bu yilgi saratonga töğri keladigan Ramazon oylarida inson röza tutişni maşaqqatdek qabul qiladi. Ba'zi qalbi kasal bandalar: “Alloh bandalariga mehribon deysizlar-ku, ammo kunduzlari uzun, keçalari qisqa kunlarda ham röza tutişga buyuradimi”, degan notöğri tuşunçalarni aytişadi. Aslida, bu Allohning rahmati.

Şu bilan birga, mömin-musulmonlar bir haqiqatni yaxşi bilişlari kerak – Ramazonning rözasi bizdan oldin ötgan qavmlarga ham, payğambarlarga ham farz qilingan. Xöş, uni tutişdan maqsad nima? Ba'zilar oziş uçun, ba'zilar salomatlik uçun deb öylaşlari mumkin. Yoki Xudo aytgan ekan, rözasini tutyapmiz-da, deyişlari mumkin. Lekin Alloh aytyaptiki, şoyadki Ramazonning rözasini tutib taqvodor bölsalaringiz...

“Novza” jome masjidi imom xatibi Jaloliddin Hamroqulov

Taqvo nima? Taqvo – bu Alloh taoloni körib turgandek özini his qiliş va oxirat diyoriga hozirlik köriş. Bu, aslida, juda ham katta ğoya. Çunki dinimizdagi barça ibodatlarning xulosasi şu. Xoh iymon keltirgan musulmon sifatida bölsin, xoh zakot beruvçi insonning xislati bölsin yoki hajga boradigan insonning fazilati bölsin, buning tub ma'nosi mana şu. Bunga quyidagi misolni keltiriş mumkin: