Andijon şahar Innovatsion texnologiyalarni joriy etiş markazida Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda yaratilgan innovatsion texnologiyalarni joriy etiş poligoni Marhamat tumanida taşkil etilmoqda.

Innovatsion rivojlaniş vazirligi taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan bu loyihaning asosiy maqsadi fermerlar uçun maslahat markazi yaratib, unda qator innovatsion energetik qurilmalar yasaş va işga tuşirişni amalda örgatiş, buning uçun doimiy-davriy ravişda anjumanlar ötkazişdan iborat. Yaratilgan qurilmalar import örnini bosişi va mahalliy xom-aşyodan yaratilişi közda tutiladi. Bu qurilmalar aynan foydalanuvçilar uçun hamyonbop darajada arzon va samarador bölişi, fermerlar muammolarini bartaraf etişda xizmat qilişi rejalaştirilgan. Poligon yoş olimlar, ixtiroçilar tajriba maydoni sifatida şakllanib, yangi ixtirolar, eksponatlar bilan doimo boyitib boriladi. Taşabbusda Andijon oliy öquv yurtlari, Toşkent davlat texnika universiteti olimlari faol qatnaşmoqda.

Innovatsion poligon, asosan törtta yönalişga qaratilgan:

1. Qayta tiklanuvçi energetika manbalari  – MikroGESlar yaratiş. Bunda mikroGESlarning uçta turi yaratilib, namoyiş qilinadi. Çarxpalakka asoslangan eng sodda mikroGESdan 10 kVTgaça elektr energiyasi oliş mumkin bölib, uni fermerlar özlari yarata olişi közda tutilgan. Foydali iş koeffitsiyenti yuqoriroq bölgan ikkinçi MikroGESni yaratiş biroz murakkabroq, u 37 kVtli elektr energiyasi beradi va ma'lum darajadagi nazariy hisob talab qilib, muayyan şaroitli şarşaraga örnatiladi. Tez kunlarda işga tuşiriladigan Gidroturbinaga asoslangan 50-80 kVtli  samarador mikroGESni yaratiş murakkab va yuqori darajadagi nazariy-amaliy hisob-kitob talab qiladi.

2. Qayta tiklanuvçi energetika manbasi sifatida xorijda tobora keng tarqalayotgan Biogaz qurilmasini yaratiş sohasida izlanişlar olib borilmoqda. Poligonda 1.5 va 22 m3 hajmli ikkita biogaz qurilmasi örnatilib, unda Eyxorniya va Amarant ösimliklaridan biogaz oliş, amaldagi hayvon göngidan olingan biogaz miqdorida bir neça marta arzon va samardor ekanligi amalda körsatiladi.

3. Respublikada zamonaviy sanoat usulida omuxta yem işlab çiqarişni  taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisidagi Hukumat qarori (VMQ–312, 27.04.2018 y.)ni bajarişda innovatsion yondaşuv. Qarorda “354,0 ming tonna granulalangan va ekstrudirilgan zamonaviy omuxta yem işlab çiqariş” rejalaştirilgan. Markazida bu qarorni yanada samarador bajariş uçun ilmiy asoslangan yangi turdagi yem texnologiyasi joriy etiladi. Amarant va Eyxorniya ösimliklari asosiy tarkibi bölgan bu ozuqaning oqsil va moylilik miqdori amaldagi yemga qaraganda kamida uç marta yuqori va eng muximi yem tannarxi ikki marta kam böladi.

4. Yangi turdagi quriliş mahsuloti – Pavloniya yoğoçini ommalaştiriş.  Ölkamizga Kaliforniya teragi kirib kelgaç, barça teraklar ekologiyani buzuvçi, allergik kasal çaqiruvçi popuk (pux) tarqata boşladi. Markazimizda Pavloniya daraxtini köpaytiriş laboratoriyasini yaratiş asosida mavjud teraklar bosqiçma bosqiç Pavloniyaga almaştiriladi. Bu loyiha joriy etilgaç, yoğoçsozlik sohasi arzon, mukammal, sifatli mahsulotga ega böladi. Natijada beş yildan söng mamlakatimizda yoğoç importi keskin qisqaradi.

Poligonda olib borilayotgan yana bir yönaliş, suğoriş tizimidagi innovatsion izlanişlardir. Hozirda şarşarali ariqlarning faqatgina oqim kuçidan foydalanib, suvni xarajatsiz yuqoriga kötaruvçi Gidrotaranlarning turli modifikatsiyalari namoyiş qilinadi. Bundan taşqari, şarşarasiz oqim suvning energiyasidan foydalanib, suvni yuqoriga kötariş qurilmalari ham yaratilib, işga tuşirildi. Bu unçalik katta bölmagan yer maydonlarini sarf-xarajatsiz suğoriş imkonini beradi.