Turkiya Isroil Al-Quds şahrini poytaxt etib e'lon qilişi munosabati bilan tezkor sammit ötkazişga qaror qildi. Unda Özbekiston nomidan Senat raisi Niğmatulla Yöldoşev iştirok etdi. Bu haqda Anadölu agentligi xabar bermoqda.

18 may kuni Istanbul şahrida Islom hamkorlik taşkilotining navbatdan taşqari sammiti bölib ötdi. Unda nutq sözlagan taşkilot Boş kotibi Yusuf ibn Ahmad al-Usaminning ta'kidlaşiça, Isroil öz poytaxtini Tel-Avivdan Al-Qudsga köçirişi xalqaro huquq normalariga mutlaqo zid harakat hisoblanadi. Buni legitimlaştirişda kömak bergan AQŞning harakati esa jahon davlatlariga nisbatan hurmatsizlik.

Boş kotib ayni paytda Al-Quds maqomini himoya qilib kelayotgan Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Marokaş rahbarlariga minnatdorligini bildirdi.
Sammitda Afğoniston, Gvineya, Eron, Qatar, Quvayt, Mavritaniya, Sudan, Iordaniya, Şimoliy Kipr Turkiya Respublikasi davlat rahbarlari hamda Indoneziya va Gambiya vitse-prezidentlari iştirok etişdi. Falastin, Qirğiziston va Pokiston davlatidan Boş vazir darajasida, Özbekiston, Jazoir va Sudandan parlamenti spikerlari darajasida vakillar iştirok etişdi.













