Rossiyada futbol böyiça jahon çempionati ötkazilişi vaqtida Rosaviatsiya musobaqani özida qabul qiluvçi şaharlar uzra parvozlarni çeklaydi. Bu haqda «Sovetskiy sport» xabar berdi.
«Futbol böyiça 2018 yilgi jahon çempionatini qabul qiluvçi şaharlar, şuningdek, jamoalar dam oliş bazalari va maşğulot maydonçalari uzra havo hududidagi xavfsizlik çoralarini kuçaytiriş doirasida, Rossiya Transport vazirligining tegişli buyruqlari bilan qöşimça taqiq zonalari va parvozlarni çeklaş zonalari örnatildi», - deya xabar bergan idora matbuot xizmati.
Aviakompaniyalarga çeklovlarga tuşgan hududlar uzra parvozni amalga oşiriş uçun maxsus ruxsatnoma talab etiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Argentina prezidenti iqtisodiy inqiroz tufayli jahon çempionatiga bora olmasligi ma'lum qilingandi.












