Argentina prezidenti Maurisio Makri futbol böyiça jahon çempionati vaqtida Rossiyaga öz mamlakatidagi iqtisodiy inqiroz tufayli taşrif buyura olmaydi.

«Jahon çempionatiga boriş kerak emas. Rossiyaga hozirgi şaroitda yöl oliş yuz foizlik mağlubiyat böladi, şu bilan birga, yirik hisobdagi mağlubiyat», - deya davlat rahbariga yaqin bölgan manba sözlarini keltiradi La Nación.

«U (prezident) aniq bormaydi. Bunday vaziyatda bu hattoki körib ham çiqilmayapti», - deya qöşimça qilib ötgan naşr suhbatdoşi.

Ta'kidlanişiça, bu masala böyiça rasmiy ma'lumot hozirça berilmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya mintaqalarida JÇ-2018 vaqtida kabob pişiriş taqiqlanişi xabar berilgandi.