«15 yildan beri heç narsa qilmagan odam — millatimizga xiyonat qilgan odam. U kutib ötiribdi, biz xarob bölişimizni, boşqa davlat kelişini. Unday bölmaydi Özbekistonda! Kimni nazarda tutganimni bilasizlar», — dedi prezident Şavkat Mirziyoyev Uluğnor tumanida Andijon viloyati faollari iştirokida ötkazilgan videoselektor yiğilişida deb yozmoqda «Kun.uz» muxbiri.
«Şuning uçun bu yetarli emasligini inobatga olib, biz yaqinda investitsiyalar böyiça davlat qömitasi raisining yangi, birinçi örinbosari lavozimini joriy etib, unga (Laziz) Qudratovni tayinladik. Endi Qudratov va viloyat hokimining investitsiyalar böyiça örinbosari Habibullayev tumanma-tuman yurib, sanoat rivojlanmagan hududlarda yangi zamonaviy işlab çiqarişni taşkil etiş uçun töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar, jumladan qaçon va qança investitsiya olib kelinişi, investorlarning kimligi, qanday aniq loyihalar amalga oşirilişi va muddatlari yuzasidan har oyda prezident apparatiga axborot berişi zarur. Qudratov, siz viloyatning tumanlaridagi ahvol qanaqaligi va qanday qilib natijali işlarni taşkil etiş töğrisida ma'lumot berasiz», — dedi Şavkat Mirziyoyev.
«Tasavvur qilinglar, agar bir yilda bir tuman 11-12 million dollar investitsiyani tuman hokimi töğridan-töğri jalb qila olsa, ana şundagina jamiyat özgaradi. Buni kim qilişi kerak? Qarsak bilan iş bitmaydi! Andijon uçun Toşkentdan kelib birov qilib bermaydi.
Tumanlarda hokimning investitsiyalar böyiça yangi muovini lavozimini taşkil etdik. Vakolat berdik, kadrlar bor. Qudratov, bugun Habibullayev bilan köp gaplaşdim. Sizni bu yerga bekorga birga olib kelganim yöq, tajribangiz bor, iş qiliş uçun olib keldim. Ana şu investitsiya böyiça muovinlar samolyotga minib, Rossiyaga, Koreyaga, Xitoyga, Singapurga borsin, menga tuman banklari bilan hamkorlikda bir oyda bir million dollarlik investitsiya olib kelsa mehnatini oqlagan böladi, bölmasa — yöq!» — dedi prezident.
«Olma piş, oğzimga tuş» deb ötirgan bilan iş bitmaydi. Olma pişmaydi! Gap pulda emas, pulni işlatişni bilmaydi bular (tuman hokimi örinbosarlari). Investitsiya nimaligini bilmaydi. Örgatiş kerak bularga, Habibullayev. Raqobatbardoş, eksportga çiqadigan mahsulot bölsagina investitsiya kiradi. Eksport bölmasa, raqobatbardoş mahsulot bölmasa, iqtisodiyotni qanday uşlab turamiz? Iqtisodiyotni erkinlaştirdik, valyuta konvertatsiyasini yölga qöydik, endi Andijon özini özi boqişi kerak. Quruq savlat bilan, qarsakbozlik bilan heç bir jamiyat özi yölini topmagan. Özini qiynaş kerak, örganiş kerak, izlaniş kerak, topiş kerak, faqat Özbekistondan emas, çetdan «otang yaxşi, onang yaxşi» deb (investitsiya) olib keliş kerak Andijonga», — dedi Ş.Mirziyoyev.
«Xolmurodov çet el bilan işlaydi. Köplab vakolatlar olgan Qudratov mamlakat içkarisiga investitsiya kiritiş bilan şuğullanadi. Qudratov, Andijonda har bir tumanga borib, bankirlari, moliyaçisi va soliqçisini çet elga jönatib yuborasiz. Yo borib, (oyiga) bir million investitsiya olib keladi, yo ketadi. Bir marta borib bir söm pul olib kela olsin, keyin pulning qadriga yetadi.












