Counterpoint Research tahliliy kompaniyasi 2018 yil 1-çoragi uçun hisobotida Xitoyning Xiaomi kompaniyasining hamyonbop Redmi 5A smartfonini mart oyida eng köp sotilgan Android-smartfon deb ma'lum qildi. Xiaomi bunday natijaga ilk bor erişdi.

Xiaomi 100 dollar turuvçi Redmi 5A’ni 2017 yil kuzida taqdim qilgan. Smartfon, şuningdek, operatsion tizimidan qat'iy nazar barça smartfonlar içida 3-raqamli eng xaridorgir telefon böldi. Bu borada 1-örinni bozorning 3,5 foiz uluşini egallagan iPhone X, 2,3 foizlik uluş bilan iPhone 8 Plus egallamoqda. Xiaomi Redmi 5A hissasiga mart oyida butun dunyo böylab sotilgan smartfonlarning 1,8 foizi töğri kelgan.
4-örinni Oppo A83 modeli, Samsung Galaxy S9 va S9 Plus modellari esa mos ravişda 5-6-örinlarni egallagan.











