Google öz xodimlari orasida tarqalgan "Yovuz bölma" (Don't be evil) norasmiy şiorini öçirdi. Şior aprel oyi oxirida yoki may oyi boşida heç qanday e'lonlarsiz olib taşlangan. Gizmodo naşri şu haqida xabar berdi.

Manbada ta'kidlanişiça, Wayback Machine saytida sahifaning 21 apreldagi skrinida bu şior bölgan,  biroq 4 mayda saqlangan versiyada şior yöq. "Yovuz bölma" tamoyili Google muhandisi Pol Bakxeyt tomonidan öylab topilgan va 2000 yildan kompaniyaning axloq kodeksining bir qismi hisoblanar edi.

2015 yilda Google kompaniyasi Alphabet xoldingining bir qismiga aylanganida u şiorning biroz özgartirilgan variantini özlaştirdi — "Töğri işlarni qil", biroq Google kodeksida u "Yovuz bölma" şiori qolgan.

"Google xodimlari bu şiorni odatda foydalanuvçilar haqida qayğuriş ma'nosida qöllaşadi. Şunday bölsa-da, "Yovuz bölma" bundan-da kattaroq ma'noni qamrab oladi. Ha, gap foydalanuvçilarga xolis ma'lumotlarga ega böliş, ularning ehtiyojlariga e'tibor qaratiş va ular uçun eng yaxşi mahsulot va servislar yaratiş haqida bormoqda. Biroq bu şuningdek umuman töğri işlar qiliş - qonunga rioya qiliş, vijdonan işlaş va hamkasblarga hurmat bilan munosabatda bölişni ham nazarda tutadi.

Xodimlarga işonç va özaro hurmat bilan munosabatda böliş — bizning muvaffaqiyatimiz asosi va biz har kuni şunga erişişga harakat qilişimiz kerak".

Google axloq kodeksining eski versiyasidan

Manbada ta'kidlanişiça, bu şior kompaniya korporativ madaniyatida muhim ahamiyatga ega bölgan.

Kodeks özgargan bölişiga qaramay, uning oxirgi marta yangilangan sanasi sifatida 2018 yilning 5 apreli qayd qilingan. Google kodeksining yangilangan versiyasida norasmiy şiorga yagona işorani mavjud - hujjatdagi sönggi satrda şunday deyiladi: "Yodingizda bölsin, yovuz bölmang, biror nojoiz narsani körsangiz, bu haqida ayting!"