Facebook ijtimoiy tarmoğining Britishtan sahifasida muqaddas Ramazon oyiga bağişlangan musiqiy videorolik taqdim etildi. Unda AQŞ prezidenti Donald Tramp, KXDR yetakçisi Kim Çen In kabi dunyo mamlakatlari rahbarlari siymosi aks ettirilganini köriş mumkin.
Rolikda bolakay Donald Trampga murojaat qilib, uni Ramazon bilan qutlaydi va uni iftorlikka "Falastin poytaxti Al-Quds"ga taklif qiladi.
"Janob prezident, Ramazon muborak! Agar xarobadagi uyimni topa olsangiz, sizni men bilan iftorlik qilişga taklif qilaman", - deydi u.
Şuningdek qöşiqda bir samoda ham azon yangraşi, ham çerkov qönğiroqlari jaranglaşi, Alloh barça uçun birligi madh etiladi.
"Orzularni kemirayotgan qayiqlardagi ölimlar, jurnallarda aks etayotgan bolalar suratlari... Janob, prezident, bularning bari menga uyqu bermayapti. Har kuni közlarimni yumar ekanman, bombalar tovuşini eşitaman, mening yotoqxonam tutunlar va otaş qa'rida qolmoqda", deyiladi qöşiqda.
Unda şuningdek qoçqinlar imon-e'tiqodi sabab ayblanayotgani, kamsitilayotgani, qatl qilinişga mahkum qilinayotgani kuylanadi.
Qöşiq "Janob prezident, iftorligimiz Allohning kalomida yozilganidek Falastin poytaxti - Al-Qudsda böladi. Omin", - degan sözlar bilan tugaydi va ekranda bolalarimiz va xalqlarimizni Alloh öz panohida asraşi söralgan yozuv aks etadi.













