Italiya sobiq boş vaziri Silvio Berluskoni Qrimni Rossiyaning eng çiroyli mintaqasi, deb atadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Siyosatçi öz tarafdorlari oldida çiqiş qilib, yarim orolga uyuştirgan safarini yodga olgan.
«Men Qrim böylab Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birga, Qora dengiz böyidagi yöldan ketgandim. Çapda ajoyib ösimliklarga ega juda çiroyli boğlarni kördim», - degan Berluskoni.
Şuningdek, uning xotirlaşiça, boğlarning gözalligidan hayratga tuşgan.
«Bu mintaqani, Qrimning aynan şu qismini, Rossiyaning eng gözal hududiga aylantiradi», - deya aytib ötgan Italiya sobiq boş vaziri.
Agentlikning ta'kidlaşiça, siyosatçi Qrimga 2015 yilning sentabrida xususiy taşrif bilan kelgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Qrim köprigi böyiça bayonot bergandi.












