Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbarlari yuqori darajadagi muntazam uçraşuvlar va aloqalar davomida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida Özbekiston-Qozoğiston munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Mamlakatlar örtasidagi savdo aylanmasi hajmini joriy yilda 3 milliard dollarga yetkaziş, yaqin yillarda esa - 5 milliard dollarga çiqariş uçun imkon yaratib beradigan hajmlarning barqaror ösişi va özaro savdo-sotiq nomenklaturasining kengayişi çuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ikki mamlakat örtasida iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik uçun mavjud katta salohiyatdan samarali foydalanişga yönaltirilgan mintaqalararo aloqalarni jadallaştirişga alohida e'tibor qaratildi.

Sanoat, energetika, transport va iqtisodiyotning boşqa tarmoqlarida istiqbolli qöşma loyihalarni amalga oşirişda özaro manfaatdorlik tasdiqlandi.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlik böyiça Qöşma hukumatlararo komissiyaning samarali faoliyatiga, şuningdek, Qozoğistonda Özbekiston Respublikasi yili doirasida muvaffaqiyatli ötkazib kelinayotgan tadbirlarga yuqori baho berdilar.

Şuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Muloqot söngida Prezidentlar Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, qardoş mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yölida özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş maqsadida qat'iy ekanliklarini ta'kidladilar.