Jurnalistika ham ajoyib kasb: turli vaziyatda, turli kişilar bilan har xil mavzularda suhbatlaşib, şularni oqqa köçiraveradi. Şunday qiziq kunlarning birida "Hokim bilan bir kun" loyihasi doirasida Toşkent şahridagi  Bektemir tumani hokimi Şopölat Asqarov bilan kun davomida birga yurib, hokimning bir kunini kuzatişga muvaffaq böldim. Bahonada hokimning ayrim xislatlarini özim uçun kaşf etdim. Demak, bu maqola öşa kunni eslab, izoh va şaxsiy mulohazalarim bilan taqdim etiladi. 

Şopölat aka işni barvaqt boşlarkan, oçiği men soat 7.00da u kişi bilan köçada uçraşib olaman, deb xomtama bölibman. Şu kuni erta tongdan yomğir sevalab turdi, şanba kuni bölgani uçun hokim ham özi uçun qulay kiyimda. Iş kuni hokim örinbosarlari bilan "5 daqiqalik" majlis qilişdan boşlandi. Kun davomida bajarilişi lozim bölgan işlar taqsimoti, vazifalar belgilab olindi. Bu xuddi maydonga tuşişga tayyorlanib turgan amerikaça futbol öyinçilarining rejasiga öxşardi.

Şopölat Asqarovning aytişiça, u odatda kunni Bektemir tumanidagi şohköçalarni aylanişdan boşlaydi. Hokim öziga ajratilgan maşinada aylanib, tumandagi obodonlaştiriş işlari, noqonuniy quriliş va taşkiliy masalalarni tanqidiy körib çiqişga imkon topadi. 

"Bugun - yomğir. Içki yöllarning ahvolini sinab oliş uçun ayni muddao", deydi u. 

Yöl-yölakay "Qöyliq ulgurji bozori"ga bir kirib ötdik. Hokimning ta'kidlaşiça, aynan Qöyliqdagi narxlar butun şahardagi savdo rastalariga ta'sir qiladi. Negaki, Qöyliq bozori şahardagi boşqa savdo markazlari uçun asosiy donor hisoblanadi. 

"Narxlarni ma'muriy buyruqbozlik bilan jilovlab bölmaydi. Aksinça, yetişmayotgan mahsulotlarning narxi sun'iy kötarilib ketmasligi uçun maxsus çora-tadbirlar öylab qöyamiz", deydi rasta oralab narxlarni örganib ketayotgan hokim. 

Tuman hokimi ötirgan maşinaning ketidan obodonlaştirişga mas'ul xodim ham izma-iz yuribdi. Goh-gohida Şopölat aka unga topşiriq beradi: "Köçani körding-a?! Suv töplanib qolibdi". 

Oçiği, hokimlar ayni zamonda quriliş işlarining ham bilağoniga aylanibdi. Biz zamonaviy tipda barpo etilayotgan mahalla guzarlarining bir neçtasiga bordik. Közga taşlangan jihati, hokim işlarni şunçalar durust taşkil etganki, bundan na mahalliy aholi, na qurilişga homiylik qilayotgan tadbirkor xafa.