Xitoy Chang'e 4 oy missiyasi bilan aloqa qiliş uçun möljallangan Queqiao koinot qurilmasini Yerning tabiiy yöldoşi tomon uçirdi. Missiyaning özi keyinroq amalga oşiriladi.
Qurilma 21 may ertalab Siçan kosmodromidan Long March 4C raketasida uçirildi. Oğirligi 425 kg keladigan, S- va X-diapazondagi çastotalarda işlovçi uzatkiçlar bilan jihozlangan qurilma Oyning qoronği tomonida, Yer-Oy tizimining L2 Lagranj nuqtasida (sayyoramizdan 455 ming km uzoqlikda) joylaşib, yarim yil sinovdan ötadi.
Queqiao aloqa uçun Oyning teskari tomonida joylaşadigan roverdan foydalanmoqçi. Avval lunoxodlar Oyning faqat bizga körinuvçi tomoniga jönatilgan. Qurilma sinovi muvaffaqiyatli ötsa, unda Chang'e 4 missiyasi 2018 yildayoq amalga oşirilişi mumkin.
Queqiao uzatkiçlardan taşqari, öz bortida 30 megagersdan pastroq çastotadagi tölqinlarni qayd qilişga möljallangan niderland antennasi va Xitoyning lazer akslantiruvçisini ham olib yuradi. Akslantiruvçi qurilma va Yerdagi stansiya örtasidagi masofani ölçaşga möljallangan.











