Xançjou politsiyasi (Xitoy) mahalliy barlardan birida şubhali xaltani aniqladi. Unda 2 million yuan (314 ming AQŞ dollari) borligi ma'lum böldi. Keyinroq politsiya bu şaharda yaşovçi kişilardan birining sobiq ma'şuqasiga "ajraşuv uçun tölov" sifatida qoldirgan pullari ekanini aniqladi. BBC şu haqida xabar berdi.

Erkakning sobiq ma'şuqasi jönatmani olmagan va şu bois politsiyaçilar xaltani egasiga qaytarişga majbur bölişgan.

Şunga qaramay, sönggi vaqtlarda Xitoyda "ajraşuv soliği"ni tölaş holatlari köpaymoqda. Qoidaga köra, munosabatlarni töxtatişga qaror qilgan tomon "soliq" tölaydi. Tölov miqdori juftlik birga ötkazgan vaqt, sa'y-harakatlar va sarflangan pullardan kelib çiqib hisoblanadi. 

Sotsiologlarning sözlariga köra, bunday xatti-harakatlar faqat bir qaraşda ijobiydek tuyulişi mumkin. Biroq ekspertlar ajraşuvga soliq kiritiş jamiyatda barçasi pul bilan ölçanuvçi iste'molçilik kayfiyati mavjudligidan dalolat beradi, deb hisoblaşmoqda. Boşqalar uçun esa bunday tölovlar – erkaklar va ayollar örtasidagi kuçli ijtimoiy tengsizlik natijasi, zero aksariyat ayollar oila uçun kareradan voz keçadi va erkakka nisbatan zaifroq vaziyatda qoladi.