“Islom nuri” dasturining bugungi mavzusi Ramazon oyi fazilati haqida. Bu mavzu yuzasidan poytaxtning “Xöja Alambardor” jome masjidi imom xatibi Rahimberdi Rahmonov bilan suhbatlaşdik.

Youtube'da köriş

Mover.uz'da köriş

- Ramazoni şarif oyi bizga ulkan natijalarni beradi. Avvalambor, bizni inson bölib yaralganimizning eng uluğ lahzalari, umr daftarimizning oltin zarvaraqlari bitiladigan kunlar, aynan mana şu kunlardir. Ilgari uluğlarimiz Ramazondan oldin “Parvardigor, bizni Ramazonga yetkazgin”, deb olti oy duo qilişgan ekan. Ramazon ötgaç, yana olti oy “Parvardigor, Ramazonda qilgan amallarimizni xabata qilmagin, qabul aylagin”, deb duo qilişar ekan. Qarang, Ramazondan olti oy oldin, undan keyin olti oy – bir yil mobaynida bu oy haqiga duo qilinar ekan.

Bu – uluğ fazilatlarga töla oy. Rasuli akram (s.a.v) aytadilar: “Kimki Ramazonni savob umidida, Alloh taologa iymon bilan, ajr umidida tutsa, muqaddam qilgan hamma gunohlari keçiriladi”. Inşaolloh, biz bu oyda poklanamiz. Ruhoniy, jismoniy, ma'naviy jihatdan, tom ma'noda, yuqori martabali ummat maqomini qölga kiritamiz.

Foto: Rahimberdi Rahmonov/Kun.uz

Ramazonning hozirgi dahasi – Rahmat dahasi. Alloh taolo bandalariga rahmat nazari bilan qaraydi. Rahmatiga muyassar bölamiz. Ikkinçi dahasi mağfirat dahasi. Alloh taolo bandalarining gunohini keçiradi. Osiylarning gunohini ötadi. Uçinçi daha dözaxdan omonlik dahasi, ya'ni Alloh taolo rahmatiga muyassar aylab, gunohlarini keçirib dözaxdan omonlik vasiyqasini qölimizga bersa, bundan oşiq fursat böladimi, bundan oşiq mukofot böladimi? Ramazondan biz mana şunday mukofotni qölga kiritamiz. 

Bu oy bizni ustozsiz, murabbiysiz tarbiya qiladi, faqat biz uning talablariga rioya qilsak bas. Ramazonda biz vafoni örganamiz. Bergan va'damizga vafo körsatiş, möminligimizning eng katta fazilati bu. Bir oy davomida biz tongda Alloh taologa “Parvardigor, tongdan to şomga qadar”, deb va'da beramiz. Mana şu va'damizni, mana, bir neça kundirki ustidan çiqyapmiz.