Navbatdagi jahon çempionati boşlanişiga ham bir oydan kamroq vaqt qoldi. Bu safargi mundialning Rossiyada ötişi juda köp sonli özbek muxlislarining ham öyinni jonli köriş uçun otlanişlariga sabab böla oladi.
Mundial öyinlari Moskva, Peterburg, Volgograd, Yekaterinburg, Kaliningrad, Qozon, Nijniy Novgorod, Saransk, Samara, Soçi va Rostov şaharlarida bölib ötadi. Tjournal.ru sayti çempionat davomida bu şaharlarda istiqomat qiluvçilar va mehmonlar uçun qanday yangi qoidalar joriy qilinişi böyiça ma'lumotlar taqdim etdi.
Röyxatga qayd etiş
Öyinlar bölib ötadigan barça şaharlarda alohida, öziga xos röyxatga oliş qoidasi işlab çiqilgan. Agar sizda uşbu şaharda yaşaş uçun doimiy propiska bölmasa, borgandan keyin uç kun içida mahalliy MVD yoki MFTs boşqarmasiga uçraşingiz kerak. Elektron poçta orqali xat yuboriş yoki blankani töldirib jönatiş ötmaydi, şaxsan idoraga borişga töğri keladi.
U yerda pasport va vaqtinça yaşaş uçun hujjat, masalan kvartira bilan ijara şartnomasini körsatasiz. Agar mehmonxonaga joylaşgan bölsangiz, röyxatga oliniş şart emas, u yerda avtomatik tarzda siz tomoningizdan ariza töldirilgan böladi.
Alkogol mahsulotlari
Xavfsizlik çoralarini kuçaytiriş borasidagi prezident farmoniga muvofiq, çempionat bölib ötadigan stadionlarda şişa idişlarda alkogol savdosi taqiqlanadi. Stadiondan ikki kilometr masofadagi magazinlar yoki şoxobçalarda, vokzal hududlarida ham köp miqdordagi odamlar töplanişi munosabati bilan alkogol sotuvida çeklovlar joriy qilingan. Stadionlarda va fan zonalarda faqat turnirning homiylari bölgan pivo kompaniyalarining mahsulotlari sotiladi.
Mitinglar va boşqa tadbirlar
Putinning yuqorida tilga olingan farmoniga asosan, futbolga va sportga aloqasi bölmagan har qanday ommaviy tadbirlarga çeklovlar qöyiladi. Yiğiliş, miting yoki tadbir taşkilotçilari ötkaziladigan joy böyiça mahalliy hukumatlarning qaroriga quloq tutişlari kerak.
Gadjyetlar va qurollar
Vazirlik buyruğiga asosan, stadionga kirişda har qanday turdagi radioelektron gadjyetlarga marka yopiştiriladi. Bu çeklovlarning sababi, stadiondagi FIFA va xavfsizlik xizmati xodimlari ham şunday gadjyetlardan foydalanişlaridir. Bular:












