Ötgan yilning noyabr oyi oxirlarida ijtimoiy tarmoqlarda yöl-patrul xizmati xodimining “Neksiya” rusumli avtomobilning old kapoti ustida yotgani tasvirlangan video keng tarqalib, muhokamalarga sabab bölgan edi. Jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudida ayni şu voqea bilan boğliq körib çiqildi va sudlanuvçilarga jazo tayinlandi.
Xöş, aslida voqea qanday sodir bölgan edi?
“2017 yilning 24 noyabr kuni soat taxminan 15:30lar atrofida Samarqand şahar IIB YHXB inspektori Abror Yusupov Samarqand şahrida joylaşgan Böstonsaroy va Rödakiy köçalarining kesişgan joyida öz xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda, unga biriktirilgan radio aloqa vositasi orqali "Yöl harakati qoidalari"ning 56-bandi talablarini qasddan buzgan holda harakatlanib kelayotgan Z.L. boşqaruvidagi "Neksiya" rusumli transport vositasini töxtatiş töğrisida oğzaki ravişda ma'lumot oladi.
Inspektor A.Yusupov jyezl yordamida harakatlanib kelayotgan transport vositasini töxtatişga urinadi. YPX inspektori transport vositasining old tomonidan ötayotgan vaqtida Z.L. qasddan uning qonuniy faoliyatiga faol qarşilik körsatib, avtomaşinasining oynasini oçib uni har xil nojöya sözlar bilan haqoratlaydi va boşqaruvida bölgan transport vositasini yölning örta qatnov qismida boşqarişda davom etadi.
Voqea jarayonida avtomaşinaning ikki tomonida avtomobillar bölganligi, çap-öng tomonga ötişning iloji yöqligi uçun YPX inspektori A.Yusupov tan-jarohati olmaslik maqsadida avtomaşinaning old qismiga çiqib oladi. Ammo haydovçi Z.L. transport vositasini töxtatmay, harakatni davom ettiradi”.
Jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudida mazkur jinoyatni sodir etgan, Samarqand tumani fuqarosi Z.L.ning jinoiy işi körib çiqildi.
Sud jarayonida sudlanuvçilar Z.L. va F.X.larning xizmat vazifasini bajarayotgan xodim faoliyatiga faol qarşilik körsatiş bilan ifodalangan jinoiy xatti-harakatlari töliq örganilib, sud hukmi e'lon qilindi.
Unga köra, sudlanuvçi Z.L. Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 219-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 8 oy muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi, deb xabar qilmoqda Samarqand viloyati IIB YHXB matbuot xizmati.












