Özbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Usmonxon Alimovning buyruği bilan Toşkent şahar boş imom-xatibi vazifasini bajaruvçi etib diniy idoraning Masjidlar bölimi mudiri Rahimberdi domla Rahmonov tayinlandi. Bu haqda ÖMI Matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Toşkent şahar boş imom-xatibi Anvar qori Tursunov hozirda betob bölib turganliklari sababli Ramazon oyida diniy sohada ayni iş hajmining ortişi, köplab tadbirlar va xayrli loyihalarda mas'ullik yuklatilişi munosabati bilan Toşkent şahar boş imom-xatibi vazifasini vaqtinça Ergaş domla Rustamov bajarib turgan edi.
Bugun, 21 may kuni Toşkent şahridagi «Minor» jome masjidida Özbekiston musulmonlari idorasi raisi örinbosari şayx Abdulaziz Mansur hazratlari diniy idora Masjidlar bölimi mudiri Rahimberdi domla Rahmonovni vazifasidan ajralmagan holda Toşkent şahar vakili, Toşkent şahar boş imom-xatibi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangani töğrisidagi Özbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Usmonxon Alimovning buyruqlarini öqib eşittirdi», deyiladi xabarda.
Joriy yilning 28 aprel kuni «Minor» masjidi boş imom-xatibi Anvar qori Tursunov 19 kundan buyon komada yotgani ma'lum bölgandi. Avvalroq mikroinsultni boşdan keçirgan Anvar qori Tursunovning vazifalari 14 may kuni Toşkent şahridagi «Şayx Zayniddin» jome masjidida Toşkent şahar imom-xatiblarining navbatdagi majlisida Toşkent şahar boş imom-xatibi örinbosari Ergaş Rustamovga yuklatilgani haqida xabar berilgandi.











