Joriy yilning 20 may kuni «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi yangi Boeing-787 Dreamliner'da Toşkent-Moskva-Toşkent yönalişi böyiça birinçi parvozni amalga oşirdi.
«Orzu layneri»da Toşkentdan 244 nafar yölovçi parvoz qilib, qaytişda 259 nafar yölovçi uçib keldi.
Ta'kidlaş joizki, «Özbekiston havo yöllari» MAK 2016-yil sentabr oyidan Boeing-787 Dreamliner samolyotining tijoriy ekspluatasiyasini boşlagan. Bugungi kunda uşbu rusumdagi ikkita laynerda Dubay, Istanbul, Tel-Aviv, Seul, Frankfurt, Moskva, Kuala-Lumpur, Singapur va Nyu-Yorkka qatnovlar amalga oşirilmoqda.
Yaqin kunlarda «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasining uçinçi Dreamliner'i ham uzoq masofalarga transatlantik qatnovlarni bajarişi rejalaştirilmoqda.











