«Umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllarini ekspluatatsiya qiliş işlarini autsorsing asosida xususiy sektor tomonidan amalga oşirişni taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan «Umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllarini ekspluatatsiya qiliş işlarini autsorsing asosida xususiy sektor tomonidan amalga oşiriş tartibi töğrisida»gi vaqtinçalik nizom tasdiqlandi.

Avtomobil yöllari qömitasi Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2024 yil 1 maydan boşlab tajriba-sinov tariqasida umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllarini ekspluatatsiya qiliş işlariga autsorsing asosida xususiy sektorni jalb qiliş loyihalari böyiça e’lonlarni davlat xaridlarining maxsus axborot portaliga joylaştiradi.

Özbekiston prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi PQ-330-son qaroriga muvofiq joriy yilda respublika böyiça jami uzunligi 260 km bölgan umumiy foydalanişdagi avtomobil yölini ekspluatatsiya qiliş işlariga autsorsing asosida xususiy sektorni jalb qiliş loyihalarini amalga oşiriş rejalaştirilgan.