Iste'molçilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qiliş qoidalari hamda Iste'molçilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilişda xavfsizlik texnikasi qoidalari tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining “Iste'molçilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qiliş qoidalari hamda Iste'molçilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilişda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qoidalar Özbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi töğrisida” qonuniga muvofiq elektr energiyasi iste'molçilari elektr qurilmalarini işonçli, xavfsiz va samarali ekspluatatsiya qilişni ta'minlaş, şuningdek ularni işga yaroqli holatda saqlab turiş maqsadida işlab çiqilgan bölib, iste'molçilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qiliş, sozlaş va ta'mirlaş bilan şuğullanuvçi muhandis-texnik xodimlar (MTX) uçun möljallangan.
“Iste'molçilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qiliş qoidalari” (TEQQ) idoraviy mansubligidan va mulkçilik şaklidan qat'iy nazar barça iste'molçilar uçun majburiydir.
Iste'molçilarning yangidan montaj, rekonstruksiya va modernizatsiya qilingan elektr qurilmalari amaldagi Elektr qurilmalarni tuzilişi qoidalariga (EQTQ) muvofiq bajarilgan bölişi, şuningdek muvofiqlik sertifikatiga ega bölişi şart.
Sertifikatlanmagan elektr uskunalardan foydalaniş va ularni ekspluatatsiya qiliş man etiladi.
Qoidalar iste'molçilarning işlab turgan, kuçlanişi 220 kV.gaça bölgan elektr qurilmalarga tatbiq etiladi. Qoidalarda “kuçlanişi 220 kV.gaça bölgan elektr qurilmalar” yoki “kuçlanişi 1000 V.gaça bölgan elektr qurilmalar” deyilganda kuçlanişi tegişliça 220 kV va 1000 V bölgan elektr qurilmalarni ham tuşuniş lozim.
Işlab turgan elektr qurilmalar deb, töliq yoki qisman kuçlaniş ostida bölgan yoki istalgan vaqtda kommutatsion apparatura ulanişi bilan yoki elektromagnit induksiya hisobiga kuçlaniş berilişi mumkin bölgan qurilmalar yoki ularning uçastkalari tuşuniladi.
Elektr xavfsizligi şartlari böyiça elektr qurilmalar kuçlanişi 1000 V.gaça bölgan elektr qurilmalarga va kuçlanişi 1000 V.dan yuqori bölgan elektr qurilmalarga bölinadilar.
Qoidalarda közda tutilmagan, alohida işlab çiqariş şartlariga yoki maxsus elektr qurilmalarga ega bölgan iste'molçilarning elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qiliş, sohada işlab çiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan qoidalar böyiça amalga oşirilişi mumkin.











