Özbekiston prezidentining bugungi kunda xalqaro miqyosda katta obröga ega ekanligi, eng yetakçi davlatlar rahbarlari tomonidan yuqori hurmat bilan tilga olinayotgani AQŞga taşrifning muvaffaqiyatli taşkil etilişida muhim rol öynadi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev “Xalq sözi”ga bergan intervyusida aytib ötdi.

Uning sözlariga köra, Şavkat Mirziyoyevning Vaşingtonga rasmiy taşrifi Özbekiston hamda AQŞ örtasida strategik şeriklikni, birinçi navbatda, Özbekistonning milliy manfaatlariga tölaqonli mos keladigan yönalişlarda rivojlantiriş uçun mustahkam zamin yaratdi. 

“Fikrimça, taşrifning eng muhim jihatlaridan biri şundaki, dunyoda, jumladan, Amerikada yangi Özbekiston vujudga kelgani tan olinmoqda. Yangi davlat, avvalambor, yangi imidjga, yangi xalqaro obröga va yangiça hurmatga ega bölgan davlat deganidir. Mubolağasiz aytiş mumkinki, Amerikaga taşrif, uşbu mamlakat siyosiy elitasi bilan ötkazilgan muzokaralar buning yaqqol tasdiği böldi”, - deya aytib ötdi Safoyev.

Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev AQŞga 15-17 may kunlari amalga oşirgan ilk rasmiy taşrifi davomida prezident Donald Tramp, davlat kotibi Mayk Pompeo va Pentagon rahbari Jyeyms Mettis bilan muzokaralar ötkazdi.

Mavzuga oid: Şavkat Mirziyoyevning AQŞga rasmiy taşrifi yakunlandi. Nimalarga erişildi?